Ikki hududda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar yashirin aylanmasiga chek qo‘yildi
Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrining Bektemir tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining yashirin aylanmasiga chek qo‘yildi.
Toshkent viloyatidagi “Oybek” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan Van Holl avtobusi bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilgan. Transport vositasini ko‘zdan kechirish natijasida avtobusning salon qismida 120 dona “Fenobarbital-3N 100 mg” nomli psixotrop dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahri Bektemir tumani hududida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Oldindan tezkor kuzatuvga olingan Qo‘qon - Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan fuqaro M.A. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi Bektemir tumani hududida belgilangan tartibda to‘xtatilgan.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda orqa o‘rindiqda turgan qizil rangli, elektr toki yordamida ishlaydigan pechka ichiga avvaldan yashirib joylashtirilgan 1 turdan iborat, jami 896 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:05 / 21.11.2024
Qimmat sotilgan dorilar tufayli iste’molchilarga 7 mlrd so‘m qaytarildi
07:46 / 21.11.2024
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
12:30 / 10.10.2024