Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Texnik tartibga solish» milliy axborot tizimi ishga tushiriladi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyadan holi tizimni yaratish maqsadida 2025 yil 1 yanvargacha “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi ishga tushiriladi.
“O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi
2024 yil 1 oktyabrdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotni muomaladan chiqarish yoki mahsulotning kamida 60 foizini chaqirib olish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun – yuridik shaxslarga realizatsiya qilingan mahsulot qiymati 100 foizi miqdorida moliyaviy jarima qo‘llash;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlari tasdiqlanganda, ushbu mahsulotlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan to‘xtatib turish;
- sertifikatlashtirish organining qoidalarga rioya etmaganligi (shu jumladan, mahsulot barcha majburiy ko‘rsatkichlarga muvofiqligi baholanmaganligi) natijasida sifatsiz mahsulotlar realizatsiya qilinganligi holatlari aniqlaganda, mazkur organning sertifikatlash faoliyatini inspeksiya tomonidan to‘xtatib turish.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyadan holi tizimni yaratish maqsadida 2025 yil 1 yanvargacha “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025