Jahon | 10:41 / 02.03.2024
4922
3 daqiqa o‘qiladi

«Rosneft» Germaniyadagi aktivlarini sotadi

Shvedt neftni qayta ishlash zavodi bo‘yicha mojaroda quyidagi murosaga kelish mumkin: Germaniya hukumati Rossiya kompaniyasiga o‘z ixtiyori bilan ketish uchun vaqt beradi. Polshaning Orlen kompaniyasi ehtimoliy xaridor hisoblanadi. 

Foto: Reuters

«Rosneft»ning Germaniyadagi biznesi bilan bog‘liq mojarosida Rosneft Deutschland mulkini milliylashtirmaslik imkonini beruvchi murosa topildi. Uning asosiy aktivi Shvedt shahridagi Raffinerie Schwedt neftni qayta ishlash zavodidagi 54 foiz ulushdir. Germaniya hukumati ushbu neftni qayta ishlash zavodini ishonchli boshqarish muddatini yana olti oyga uzaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Reuters 1 mart, juma kuni. Bu vaqt ichida Rossiya kompaniyasining nemis shu’basi mulkini sotish bo‘yicha allaqachon boshlangan jarayonni yakunlamoqchi

Hozirda Germaniya iqtisodiyot vazirligi taklif va zarur huquqiy kafolatlarni o‘rganmoqda. Shu bilan birga, Leypsigdagi Federal ma’muriy sud vakili agentlikka «Rosneft» Shvedt neftni qayta ishlash zavodidagi o‘z ulushini ishonchli boshqaruvga berishga qarshi da’vosini to‘xtatganini tasdiqladi. Reuters xabar e’lon qilingan paytda «Rosneft» buni tasdiqlamagan.

Polsha Rossiya kompaniyasining ketishini talab qilmoqda

Mavjud ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ikkala tomon ham 2024 yil fevral oyi boshida Germaniya iqtisodiyot vazirligi «Rosneft» vakillarini uning aktivlarini milliylashtirish bo‘yicha eshituvga taklif qilganidan keyin keskin avj olgan mojaroni yumshatishga qaror qilgan.

Bunga 10 mart kuni zavod uchun 2022 yil sentabrda joriy qilingan ishonchli boshqaruv rejimining navbatdagi muddati tugashi va federal hokimiyat idoralari muammoni barqaror hal etishga intilayotgani sababli uni boshqa uzaytirmaslikka qaror qilgani sabab bo‘ldi. U mamlakat poytaxti Berlin va Sharqiy Germaniyaning katta qismini neft mahsulotlari bilan ta’minlaydi.

Bundan tashqari, Rossiya davlat kompaniyasi chiqib ketgan taqdirda, Polsha Gdansk portidan Shvedtdagi neftni qayta ishlash zavodiga neft yetkazib berishni sezilarli darajada kengaytirishga va’da berdi. Polshaning yangi hukumati 13 fevral kuni Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabekning Varshavaga tashrifi chog‘ida buni tasdiqladi.

Raffinerie Schwedt Germaniya hukumati Rossiyadan «Drujba» neft quvuri orqali importdan ixtiyoriy ravishda bosh tortganidan so‘ng, Rossiyaning Ukrainaga hujumiga javoban Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duchor bo‘lmaganiga qaramay, xomashyoga juda muhtoj. Germaniya bozorida faol bo‘lgan va Gdansk portiga xomashyo yetkazib berishni nazorat qiluvchi Polshaning Orlen neft kompaniyasi bir necha bor kompaniya aksiyalari nazorat paketi ehtimoliy xaridori sifatida tilga olingan. Shu bilan birga, Qozog‘iston Shvedt uchun muhim neft yetkazib beruvchiga aylandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid