Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston bo‘yicha 4-8 mart kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.
Mart oyining birinchi kunlarida qish yana bir bor sovuq ob-havo va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar bilan o‘zini eslatdi. Bugun ertalab havo harorati -2...-5 darajagacha, shimolda -7...-12 darajagacha pasaydi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, kunduz kunlari haroratning jadal ko‘tarilishi boshlanadi, harorat ko‘tarilishi ish haftasi oxirigacha davom etadi.
4-7 mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 8 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Bugun kunduzi havo harorati +4...+9 daraja bo‘ladi, so‘ng hafta oxirigacha harorat +13...+18 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. Harorat kechasi -2...-5 darajadan +2...+5 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol asosan sharqiy yo‘nalishda birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan tezlikda esadi, 8 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. 5-6 mart kunlari respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. 6-7 mart kunlari ayrim tog‘li hududlarda, 8 martda tog‘li hududlarning katta qismida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Poytaxtda 4-7 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari -0...-2 darajadan +3...+5 darajagacha, kunduz kunlari +5...+7 darajadan +15...+17 darajagacha ko‘tariladi. 6-7 martda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esdi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025