Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Albaniyada G‘arbiy Bolqondagi birinchi bazasini ochdi
Sobiq sovet aviabazasi ta’mirlanib, o‘quv poligoniga aylantirildi.
NATO tashkilotining G‘arbiy Bolqondagi birinchi aviabazasi Albaniyada ish boshladi. U Kuchova shahridagi modernizatsiya qilingan harbiy aerodromda joylashgan.
Sobiq sovet aviabazasida qiruvchi samolyotlar joylashadi. Shuningdek, u o‘quv poligoni bo‘lib ham xizmat qiladi.
Albaniya bosh vaziri Edi Rama 2005 yildan beri foydalanilmayotgan eski aerodromning modernizatsiya qilinishini olqishladi.
«Ushbu baza G‘arbiy Bolqon mintaqasi xavfsizligiga qo‘shilgan yana bir hissa. Bilamizki, ushbu hududga Rossiyaning imperialistik ambitsiyalari tahdid qilmoqda», dedi u.
Ochilish marosimidan so‘ng aviabazaga to‘rtta qiruvchi samolyot qo‘ndi: Italiyadan ikkitadan F-16 va F-35.
NATO bazani ta’mirlash uchun 50 million yevroga yaqin sarmoya kiritgan, Albaniya hukumati 5 million yevro sarflagan. Albaniya 2009 yildan beri NATO a’zosi hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
23:06 / 07.05.2025
Albaniya Trampning kuyoviga tegishli kurort qurilishini ma’qulladi
21:39 / 28.04.2025