O‘zbekistonda qancha fuqaro koronavirusdan vafot etgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda kasallanish 261 085 nafarga yetdi, sog‘ayish 99,1 foizni tashkil qilmoqda. 1637 nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.
Jahonda koronavirusdan zararlangan 703,8 mln bemordan 7 mln dan ortig‘i vafot etgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov xabar berdi.
2024 yil 1 mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda kasallanish 261 ming 085 nafarga yetdi, sog‘ayish 99,1 foizni tashkil qilmoqda. 1637 nafar (0,06 foiz) fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.
Kasallikning tarqalganlik darajasi 1,0 ni tashkil etmoqda. JSST ekspertlari xulosasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1,0 gacha bo‘lsa vaziyat barqarorligini anglatadi.
Kasallikning yuqtirib olish manbasi 35-43 foiz holatda kasallangan oila a’zosi yoki qarindoshlari, 6-7 foiz holatda bemor qo‘shnilari, 10-12 foiz holatda jamoat joylaridagi muloqot, 4-5 foiz holatda ish joyidagi muloqot ekanligi aniqlanmoqda.
Virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan so‘ngi tahlillarning 100 foizida omikron shtammi aniqlangan.
2023 yil davomida qizamiqqa qarshi jami 1 mln 575 ming 558 nafar bolalar milliy emlash kalendariga muvofiq emlandi. Ulardan 879 ming 314 nafari 1 yoshdagi va 696 ming 244 nafari 6 yoshdagi bolalar KPK vaksinasi (qizamiq+epidemik parotit+qizilcha infeksiyalariga qarshi) bilan reja asosida emlandi.
Mavzuga oid
23:36 / 19.09.2024
Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
13:54 / 18.09.2024
Koronavirusning yangi varianti XeC tarqalmoqda: u oldingilaridan qanday farq qiladi?
21:46 / 20.08.2024