Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Bayden «superseshanba»dagi deyarli barcha praymerizlarda g‘alaba qozondi
Qo‘shma Shtatlarda «superseshanba»da o‘tkazilgan deyarli barcha praymeriz va kokuslarda sobiq va amaldagi prezidentlar - Donald Tramp hamda Jo Bayden g‘alaba qozondi. Tramp faqat Vermontda, Bayden esa Amerika Samoasida yutqazdi.
5 mart, seshanba kuni AQShning 15 shtati va bir orol hududida Demokratik va Respublikachilar partiyalarining praymeriz hamda kokuslari bo‘lib o‘tgan «superseshanba»da Amerikaning amaldagi prezidenti Jo Bayden va Oq uy sobiq rahbari Donald Tramp deyarli barcha ovozlarni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Tramp 13 shtatda, jumladan Kaliforniya va Texasda bo‘lib o‘tgan ichki partiyaviy saylovlarda g‘alaba qozondi va raqibi Nikki Xeylini yakuniy tarzda mag‘lub etdi. Edison Research sotsiologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Xeyli Vermontda yagona g‘alabasini qo‘lga kiritdi va endi nomzod bo‘lish uchun real imkoniyatga ega emas. Alyaskadagi ovoz berish natijalari hali sanab chiqilmagan.
Ikkinchi muddat prezidentlikka da’vogar bo‘lgan Jo Bayden Amerika Samoasi orol hududidan tashqari «superseshanba» kuni bo‘lib o‘tgan barcha praymerizlarda g‘alaba qozondi. Amerika Samoasida u unchalik taniqli bo‘lmagan nomzod, tadbirkor Jyeyson Palmerga yutqazdi.
Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida tarafdorlari oldida gapirgan Tramp Baydenga hujum qilib, uning immigratsiya siyosatiga e’tibor qaratdi va uni tarixdagi «eng yomon prezident» deb atadi.
Bayden, o‘z navbatida, Trampni yana Amerika demokratiyasiga tahdid deb atadi. «Bugungi natijalar Amerika xalqiga aniq tanlov qoldiradi: biz oldinga intilamizmi yoki Donald Trampga uning prezidentligini belgilab bergan tartibsizlik, bo‘linish va zulmatga qaytishiga ruxsat beramizmi?» - dedi Jo Bayden.
5 noyabr kuni AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025