O‘zbekiston | 09:25 / 07.03.2024
11133
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiya organlariga qo‘shimcha vakolatlar berilishi rejalashtirilmoqda

MG organlariga bolani tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha majburiyatni bajarmaganlikda, jamoat joyida tamaki yoki alkogol mahsulotini iste’mol qilganlikda, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatga jalb qilganlikda aybdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun zarur vakolatlar beriladi.

Foto: Kun.uz

“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Prezidentning “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2 mingta shtat birligidan iborat ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari (katta inspektor-psixologlari) lavozimlari Milliy gvardiya tuzilmasiga o‘tkazildi.

  • Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 248-1-moddasiga bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlikda, jamoat joylarida tamaki yoki alkogol mahsulotini iste’mol qilganlikda, shuningdek voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlikda aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun Milliy gvardiya organlariga, shu jumladan Bolalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i va bo‘lim boshliqlariga, tuman (shahar)lar bo‘yicha inspektor-psixologlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda hamda shu munosabat bilan mazkur vakolatlar ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlaridan chiqarilmoqda.

Qonun Milliy gvardiya organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid