O‘zbekiston | 14:59 / 07.03.2024
3398
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Britaniya Bobur to‘g‘risida film olish masalasini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston elchixonasida Mughals the Series kompaniyasi prodyuseri Mamta Kaash hamda Scenario films kompaniyasi ssenariy muallifi Garet Jons bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Foto: «Dunyo» AA

«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot davomida buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur to‘g‘risida film yaratish bo‘yicha loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Britaniya tomoni mazkur filmning ssenariysi «Boburnoma» tarixiy asari asosida ishlab chiqilishi, shuningdek filmning ingliz tilida tasvirga olinishi va uni g‘arb davlatlarining katta ekranlarida namoyish etish imkoniyati mavjud ekanligini qayd etdi.

Suhbat yakunida ushbu filmni tasvirga olish masalalarini batafsil muhokama etish uchun britaniyalik ijodkorlar va O‘zbekiston Madaniyat vazirligi hamda Kinematografiya agentligi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazishga kelishib olindi.

Mavzuga oid