Jahon | 19:05 / 07.03.2024
8462
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda Putin, Tramp va Bayden ismli bolalar borligi ma’lum bo‘ldi 

Shuningdek, ismlar orasida geografik nomlar borligi ham aniqlandi.

Foto: Kazinform

Qozog‘istonda siyosiy arboblarning ismini bolalarga qo‘yish an’anaga aylanib bormoqda, deb yozdi Kazinform. Jumladan, 29 fevral holatiga mamlakatda Qosim-Jo‘mart ismli 12 nafar bola, Bayden ismli 8 nafar, shuningdek, 1 nafardan Putin va Tramp ismli bolalar qayd etilgan. 

Ismlar orasida geografik nomlar ham uchraydi. Misol uchun mamlakatda Qozog‘iston ismli 24 kishi ro‘yxatga olingan. Bundan tashqari, 27 nafar Semey, 15 nafar Atirau, 15 nafar Turkiston, 14 nafar Taraz, 10 nafar Oqtou, bir nafar Oqto‘be, bir nafar Toldiqo‘rg‘on ismli kishi bor. 

Qayd qilinishicha, 2024 yil yanvar oyida Qozog‘istonda eng ko‘p qo‘yilgan ismlar - Madina (517 ta) va Muhammad (536 ta) bo‘lgan. 

Qizlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar qatoriga Asilim (468), Oysha (436), Aylin (387) va To‘maris (318) ham kirgan. 

O‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar qatoridan Alixon (313), Oysulton (238) va Aldiyar (219) ham joy olgan. 

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 1 yanvar holatiga Qozog‘iston aholisi 20 million kishini tashkil etdi, bu bir yil avvalgiga nisbatan 1,3 foizga ko‘pdir.

Mavzuga oid