Toshkentdan qatnovchi shaharlararo elektropoyezdlar uchun yagona tarif belgilandi
20 mart kunidan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlari yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi.
Toshkent shahridan qatnovchi shaharlararo elektropoyezdlar uchun yagona tarif belgilandi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabariga ko‘ra, 2024 yilning 20 mart sanasidan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlari yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi.
Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradi.
Masalan, endilikda Toshkent - Bekobod - Toshkent yo‘nalishi yagona tarif narxi 12 000 so‘m, Toshkent - Hojikent - Toshkent yo‘nalishi 10 000 so‘m.
Elektron tarzda (ATTO) to‘lov qilmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar naqd pulda amalga oshiriladigan to‘lovdan farqli ravishda 500 so‘mga kam to‘lashi mumkinligi aytildi.
Mavzuga oid
14:01 / 20.08.2024
Yuridik shaxslarning limitdan tashqari elektr va gaz iste’moli uchun tarif pasaytiriladi
11:23 / 14.08.2024
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi 6 ta elektropoyezd xarid qilinadi
10:18 / 18.12.2023
Toshkent, Buxoro va Namanganda maishiy chiqindilar bo‘yicha xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi
16:13 / 29.11.2023