O‘zbekiston | 14:46 / 07.03.2024
2193
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvarda 444 mingdan ortiq chet ellik qarindoshini yo‘qlash maqsadida O‘zbekistonga keldi

2024 yil yanvar oyida 520,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil yanvar oyida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari orasida qarindoshlarni yo‘qlash birinchi o‘rinni egalladi – 444,1 ming kishi.

Undan keyingi o‘rinlarda safar maqsadlari mos ravishda dam olish va sayohat (46,1 ming kishi) hamda xizmat yuzasidan tashrif (11,7 ming kishi) ekanini qayd etganlar joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich boshqa safar maqsadlari kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • tijorat – 9,2 ming kishi;
  • davolanish – 7 ming kishi;
  • o‘qish maqsadida – 2,1 ming kishi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid