Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
100 nafar maktab o‘qituvchisi xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi
Saralab olingan pedagoglar 2024 yil yakuniga qadar xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi.
100 nafar davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining pedagoglarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish yoki stajirovkaga yuborish vazifasi belgilandi.
Bu - prezidentning «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» farmonida belgilangan.
Unga ko‘ra, 2024 yil iyun oyiga qadar «El-yurt umidi» jamg‘armasi ko‘magida xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladigan pedagoglar hududlar kesimida teng taqsimlangan holda saralab olinadi.
Saralab olingan pedagoglar 2024 yil yakuniga qadar vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi.
Mavzuga oid
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
12:17 / 07.05.2025
Toshkentda 61 yoshli o‘qituvchi o‘quvchiga shilqimlik qildi
13:29 / 05.05.2025
Ayrim o‘qituvchilar uchun maqsadli magistratura joriy etiladi
10:42 / 01.05.2025