O‘zbekiston | 08:31 / 08.03.2024
4315
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.

Foto: Dunyo

Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Belizning BMTdagi doimiy vakili Karlos Fuller imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirdi. Ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini aniqlash uchun o‘zaro aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shu tariqa, Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.

5 mart kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Lixtenshteyn knyazligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolangan edi. Lixtenshteyn O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 146-davlat sanaladi.

Mavzuga oid