Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13 martdan Varshava-Toshkent yo‘nalishida birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Polsha Investitsiyalar va savdo agentligi O‘zbekiston poytaxtida o‘z vakolatxonasini ochadi va 13 martdan boshlab Varshava-Toshkent-Varshava yo‘nalishi bo‘yicha birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Polsha tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Marek Pravda bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Suhbat davomida O‘zbekiston-Polsha munosabatlarini yanada mustahkamlash va avval erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi. Tomonlarning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligi tasdiqlandi.
Joriy yilga rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar, jumladan, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston–Polsha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, Polsha Investitsiyalar va savdo agentligining Toshkentda vakolatxonasini ochish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Shu yilning 13 mart kuni Varshava–Toshkent–Varshava yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladigan birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovining muhim ahamiyati ta’kidlandi.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
10:46 / 12.05.2025
Tusk: Varshava savdo markazidagi yong‘in - Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi natijasi
11:04 / 10.05.2025