Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 4 tonnadan ziyod Ai-92 benzini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Andijon shahrida 4 tonnadan ziyod Ai-92 markali benzin yonilg‘isi noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda «O‘zenergoinspeksiya».
Ma’lum qilinishicha, holat Ichki ishlar vazirligining Andijon viloyat boshqarmasi va «O‘zenergoinspeksiya» Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi. Andijon shahri, «Ishchilar» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Sh. o‘z xonadonida texnik talablarga zid ravishda benzin yonilg‘isini sotayotgani ma’lum bo‘ldi.
Xususan, ushbu xonadonda bo‘lgan yuk avtomashinasidan jami 4 tonna 910 litr Ai-92 markali benzin yonilg‘isi bo‘sh yelim idishlarga quyib olinayotganda aniqlandi. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu benzin yonilg‘isini Farg‘ona shahrida joylashgan MChJga qarashli korxonadan hech qanday hujjatlarsiz (yuk xati, shartnomasiz, sertifikasiz) jami 47 mln 900 ming so‘mga sotib olingani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
12:55 / 21.04.2025
Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi
18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi
21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi
13:23 / 10.03.2025