Britaniya tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyoga kelmoqchi ekanini aytdi
«Markaziy Osiyo – biz ko‘proq ishlamoqchi bo‘lgan yo‘nalishlardan biri», dedi Devid Kemeron. Avvalroq MO va Buyuk Britaniya o‘rtasida C5+1 formatidagi sammit o‘tkazilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan parlament muhokamalarida gapirdi.
«Biz butun dunyo bo‘ylab ittifoq va sheriklik tarmog‘imizni mustahkamlash tarafdorimiz. Markaziy Osiyo – biz ko‘proq ishlamoqchi bo‘lgan yo‘nalishlardan biri. Men u yerga borishni rejalashtirmoqdaman. U yerda biz hamkorlik qilishimiz kerak bo‘lgan sohalarni biladigan barcha bilan davra suhbati o‘tkazaman», dedi Kemeron.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil dekabr oyida Buyuk Britaniya hukumatining Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan 2024 yilda S5+1 formatida sammit o‘tkazishi rejalashtirilgani ma’lum qilingan edi. Britaniya parlamentiga taqdim etilgan hisobotda mualliflar britaniyalik vazirlarning O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hukumatlari bilan samarasiz hamkorligini tanqid qilgan, shuningdek, mintaqada Rossiya va Xitoyning ta’siriga faolroq qarshi turishga chaqirgan.
Mavzuga oid

18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi

09:04 / 21.05.2025
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kuchaytirdi

17:04 / 20.05.2025
BBC sionizm haqidagi posti uchun Gari Linekerni ishdan bo‘shatdi

14:34 / 20.05.2025