Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologiya vazirligi maxsus chiqindi paketlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tadbirkorlardan maxsus chiqindi paketlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi.
Xarid qilinadigan paketlarga qo‘yiladigan talablar:
1. Paketlar mikroorganizmlar ishtirokida bioparchalanish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak yoki tarkibida kraxmal bo‘lgan organik chiruvchi mahsulotlardan ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak;
2. Paketlardan chiqindilarni saralab yig‘ishda foydalaniladi;
3. Paketlarning har biri ixcham shaklda yig‘ilgan, taxlangan, bir-biriga ketma-ket ulangan, o‘ralgan rulon holatida ishlab chiqarilgan bo‘lishi lozim;
4. Paketlarning rangi:
— shaffof, rangsiz;
— qora;
— jigarrang.
5. Paketlarning sig‘imi, o‘lchami, yuk ko‘taruvchanligi va qalinligi:
— jigarrang: eni — 55 sm, bo‘yi — 65 sm, sig‘imi — 20-25 l va qalinligi 40 mikron — 60 ming dona;
— shaffof rangsiz: — eni – 60 sm, bo‘yi – 90 sm, sig‘imi – 40-45 l, qalinligi 60 mikron – 30 ming dona hamda eni – 55 sm, bo‘yi – 65 sm, sig‘imi – 20-25 l, qalinligi – 40 mikron – 30 ming dona;
— qora rangli: eni — 60 sm, bo‘yi – 90 sm, sig‘imi – 40-45 l, qalinligi – 60 mikron – 30 ming dona hamda eni – 55 sm, bo‘yi – 65 sm, sig‘imi – 20-25 l, qalinligi – 40 mikron – 30 ming dona.
6. Paketlarning dizayni quyidagicha bo‘lishi kerak:

Tijorat takliflari 14 mart soat 11:00 gacha qabul qilinadi. Takliflarni vazirlikning [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish yoki +998(71) 270-07-70 (9991) raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, yetkazish mumkin.
Mavzuga oid
19:28 / 08.08.2024
«Omonqo‘ton» milliy bog‘ida noqonuniy xatti-harakatlar bilan tabiatga zarar yetkazildi
08:52 / 23.03.2024
25 mart kuni barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi
09:25 / 12.02.2024
O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi birinchi eko-universitet ochildi
20:54 / 23.01.2024