Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada ikki hafta ichida miting qoidalarini buzish bilan bog‘liq 39 ta ish ochildi
Aleksey Navalniy xotirasiga gul qo‘yish chog‘ida hibsga olinganlarning xatti-harakatlari «muvofiqlashtirilmagan ommaviy aksiyada ishtirok etish» deb baholandi, deya xabar bermoqda huquq himoyachilari.
Muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy vafotidan keyin ikki hafta ichida, 16 fevraldan 28 fevralgacha Moskva sudlari miting o‘tkazish qoidalarini buzganlik bo‘yicha 39 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atgan. Bu haqda 10 mart, yakshanba kuni kechqurun Moskva shahar umumiy yurisdiksiya sudlari rasmiy portaliga tayanib «Pravozashchita» va «Sudebnyye krossovki» Telegram-kanallari yozdi.
«Ushbu ishlarning 8 tasi hali ko‘rib chiqilmagan, bittasi politsiyaga qaytarilgan, qolganlari bo‘yicha qarorlar chiqarilgan, shundan atigi 15 tasi e’lon qilingan - ularning aksariyati G‘am devori va Solovetskiy toshiga gul qo‘yish bilan bog‘liq», deyiladi postda.
Qayd etilishicha, 17 fevral kuni kamida uch kishi Navalniy xotirasiga gul qo‘yish bilan bog‘liq ish yuzasidan ma’muriy hibsga olingan. Hibsga olinganlarning harakatlari piyodalar harakatiga to‘sqinlik qiluvchi «muvofiqlashtirilmagan ommaviy aksiyada ishtirok etish» deb baholandi.
Sud yana bir qancha fuqarolarni jamoat ishlari yoki jarimaga hukm qildi, deya xabar beradi nashr.
Aleksey Navalniy xotirasiga bag‘ishlangan mitinglarda qo‘lga olishlar
Rossiya muxolifati yetakchilaridan biri Yamal-Nenets avtonom okrugidagi koloniyada vafot etgani 16 fevral kuni ma’lum bo‘ldi. Aleksey Navalniy 1 mart kuni Moskvadagi Borisov qabristoniga dafn qilindi. «OVD-Info» inson huquqlari loyihasiga ko‘ra, Rossiya shaharlarida siyosatchi xotirasiga bag‘ishlangan mitinglarda o‘nlab odamlar hibsga olingan.
Odamlar Moskvadagi Aleksey Navalniy qabriga hamda Rossiya Federatsiyasi poytaxti va boshqa shaharlarida siyosiy qatag‘on qurbonlari yodgorliklariga muxolifatchining dafn marosimi o‘tkazilgan kundan keyin ham gullar olib kelishda davom etdi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025