Senat barcha hududlarga skrining uchun reaktivlar yetkazib berilishini o‘z nazoratiga oldi
Oliy Majlis Senati a’zolari Sirdaryo viloyatida skrining tekshiruvlari bilan bog‘liq muammolarni aniqladi.
Xususan, perinatal skrining xonalar va shtat birliklari mavjud bo‘lsa-da, Guliston va Xovos tumani hamda Shirin shahrida ultratovush tekshiruvi perinatolog mutaxassislar yo‘qligi uchun skrining tekshiruvlari o‘tkazilmayapti. Shuningdek, markazda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan skrining tekshiruvlari, xususan, irsiy genetik xromosomalarni aniqlaydigan reaktivlar yo‘qligi sababli 5 oydan buyon to‘xtab qolgan. Ayniqsa, chaqaloqlarda o‘tkaziladigan irsiy genetik kasalliklar, aynan fenilketonuriya, tug‘ma gipoterioz kasalliklarini aniqlaydigan reaktivlar mavjud emas.
Ushbu masala Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olinib, holat yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, skrining tekshiruvlar, xususan, irsiy genetik xromosomalarni aniqlaydigan reaktivlar bilan ta’minlash bo‘yicha 60 mlrd so‘m mablag‘ 2023 yil oktyabr oyida ajratilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va xorijiy kompaniya o‘rtasida 2023 yil 25 martda 2,4 mln dollarlik reaktivlar, reagentlar va sarflovchi materiallarni xarid qilish bo‘yicha import shartnomasi tuzilgan. Yetkazib berish muddati 2024 yil 28 martga qadar etib belgilangan.
Shartnoma bo‘yicha faqat 791 ming dollar yoki 10,1 mlrd so‘mlik reaktivlar, reagentlar va sarflovchi materiallar 2023 yil iyul oyida Respublika «Ona va bola» skrining markazi va uning filiallariga tarqatilgan.
Biroq yetkazib berilgan reagent va sarflovchi materiallar 2023 yil sentabr oyi yakuniga qadar skrining tekshiruvlari ehtiyojini qoplagan. Shundan so‘ng Sirdaryo viloyatida ham skrining markazlarini reaktivlar bilan ta’minlashda uzilishlar yuzaga kelgan.
Qo‘mita nafaqat Sirdaryo viloyati tumanlari balki, mamlakatimizning barcha hududlariga skrining o‘tkazishda foydalaniladigan reaktivlar yetkazib berilishini o‘z nazoratiga oldi.
Mavzuga oid
19:13 / 02.11.2024
Oliy Majlis Senati a’zolari saylovini o‘tkazish sanasi belgilandi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
18:17 / 27.08.2024
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etiladi
18:32 / 15.08.2024