O‘zbekiston | 13:12 / 11.03.2024
14715
1 daqiqa o‘qiladi

Surxon qo‘riqxonasida fotoqopqonga Buxoro tog‘ qo‘ylarining noyob tasvirlari muhrlandi

O‘tkazilgan so‘nggi sanoq natijalariga ko‘ra qo‘riqxonada 100 boshdan ortiq Buxoro tog‘ qo‘yi borligi aniqlangan.

Foto: Videodan kadr

Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro tog‘ qo‘ylarining noyob tasvirlari muhrlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Buxoro tog‘ qo‘ylari O‘zbekistonda asosan Ko‘hitang, Boysuntog‘, Hisor, Bobotog‘ tog‘ tizmalarida uchraydi. Ular odatda, dengiz sathidan 800-2500 metr balandlikdagi tog‘ tizmalarida va siyrak archazorlarda yashaydi. Buxoro tog‘ qo‘ylari poda bo‘lib yashaydi va mavsumiy ko‘chib yuradi. 

Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan so‘nggi sanoq natijalariga ko‘ra qo‘riqxonada 100 boshdan ortiq Buxoro tog‘ qo‘yi borligi aniqlangan.

Mavzuga oid