Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya fondi O‘zbekistonda Osiyo gepardini ko‘paytirish loyihasida ishtirok etmoqchi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning The Aspinall Foundation tashkilotining xalqaro masalalar bo‘yicha direktori Amos Kuraj hamda mutaxassislar Toni King va Ctyuart Roberson bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: «Dunyo» AA
"Dunyo" xabariga ko‘ra, Amos Kuraj davlat rahbarining shu yil 12-17 fevral kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan CMS COP14 xalqaro konferensiyasidagi nutqida O‘zbekistonda Osiyo gepardlarini qaytadan ko‘paytirish haqidagi tashabbusi Britaniya tomonida katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidladi.
Muloqot davomida dunyo bo‘ylab yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlarni saqlab qolish va ularni ko‘paytirishga doir loyihalarini o‘zbekistonlik hamkorlikda amalga oshirish masalalari xususida fikr almashildi.
Britaniya vakillari O‘zbekistonda Osiyo gepardlarini qaytadan ko‘paytirish, ularni saqlash va tahlilini yuritish va boshqa jihatlarni qamrab olgan loyihalarda ishtirok etishga roziligini bildirdi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025