Sport | 09:01 / 12.03.2024
22281
2 daqiqa o‘qiladi

OChL. «Al Ayn» YeChL darajasida o‘tgan dramatik o‘yinda «An Nasr»ni turnirdan chiqarib yubordi

Foto: Getty Images

Osiyo Chempionlar Ligasida yarimfinalning dastlabki ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi. 

«Al Ayn»ga safarda minimal hisobda yutqazgan «An Nasr» o‘z maydonida 0:2 hisobini 3:2ga aylantirib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib o‘tdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda jamoalar bittadan gol urishdi, penaltilar seriyasida esa omad mehmonlarga kulib boqdi. Riyodliklardan Brozovich, Telles va Otavio penaltidan foydalana olishmadi. 

Ernan Krespo jamoasi yarimfinalda ham Saudiya klubi bilan o‘ynaydi: «Al Hilol» — «Al Ittihod» (birinchi o‘yin — 2:0) juftligi g‘olibiga qarshi. 

OChL1/4 final
An Nasr  Al Ayn 4:3
Penaltilar
 seriyasi — 1:3.
11 mart, «Park Al Avval»
Gollar: G‘arib (45+5), Eysa (51, avtogol), Telles (72), Ronaldu (117, penalti) — Rahimi (28, 45), Ash Shamsi (103). 
An Nasr – An Najar, Al Avjami, Al Fatil (As Sulayhi, 90+2; An Nemer 105), Al Amri (Ayman, 64), Telles, Brozovich, Otavio, Al Haybari, Mane, G‘arib (Al Hasan, 84), Ronaldu.
Al Ayn – Eysa, Hoshimiy, Otonne, Erik (Said Juma, 70), Al Balushi (Muhammad Abbos, 78), Palasios, Pak Vu Yon, Nodir (Ash Shamsi, 99), Muhammad, Romero, Rahimi.
Ogohlantirishlar: Erik (32), Al Balushi (38), Brozovich (45+8), Mane (71), Otavio (84), Rahimi (85), Juma (116).
Chetlatish: Ayman (98).
Birinchi o‘yin  0:1.

Mavzuga oid