Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Operatorlarga telekommunikatsiya infratuzilmasi obektidan birga foydalanishga ruxsat beriladi
Joriy yilning 11 mart kuni Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda “Telekommunkatsiyalar to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Bugungi kunda yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarning ayrimlarida tegishli infratuzilma ko‘zda tutilmagani sababli qayta qurilish ishlarini olib borishga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida bundan keyin bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy bo‘ladi.
Xususan, ko‘p qavatli uylarda yashovchilarning arizasi bo‘lganda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga binoda mavjud infratuzilmadan beg‘araz foydalanish imkoniyati yaratiladi. Operatorlarga telekommunikatsiya infratuzilmasi obektlaridan birgalikda foydalanishga ruxsat beriladi.
Qonun bilan telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi sub’yektlarga bir qator qulayliklar yaratilmoqda. Qonunga ko‘ra endi bank, to‘lov tizimi, to‘lov tashkiloti, elektron tijorat platformasi ilovalari orqali xizmatlarni ko‘rsatishda telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya talab etilmaydi.
Bundan tashqari, qonun normalari konstitutsiyaga moslashtirilib, telekommunikatsiyalar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish ekanligi belgilab qo‘yilmoqda.
Mavzuga oid
07:30 / 03.01.2025
Telekommunikatsiya xizmatlari me’yorga muvofiqligi yuzasidan monitoring amalga oshiriladi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
12:12 / 03.12.2024
Favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish qoidalari tasdiqlandi
13:50 / 24.10.2024