Iqtisodiyot | 15:17 / 12.03.2024
17607
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda meva-sabzavotlar eksporti statistikasi to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilindi.
2024 yil yanvar oyida meva-sabzavot eksporti hajmi bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich piyoz mahsulotida qayd etildi – 54 ming tonna.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan eksporti hajmi mos ravishda 29,1 ming tonna hamda 12,6 ming tonna bo‘lgan karam va mosh joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- sabzi – 10,5 ming tonna
- uzum (quritilgan) – 4,2 ming tonna
- pomidor – 2,6 ming tonna
- uzum – 2,5 ming tonna
- tariq – 1,8 ming tonna
- olxo‘ri (quritilgan) – 1,6 ming tonna
- bodring – 0,9 ming tonna
- yeryong‘oq – 0,8 ming tonna
- qalampir – 0,6 ming tonna
Mavzuga oid
09:40 / 22.11.2024
Oktyabrda O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin sotdi
13:13 / 19.11.2024
Germaniya O‘zbekistonga 1 mlrd yevrodan ortiq qiymatda mahsulotlar eksport qildi
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
12:50 / 04.11.2024