O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari yil boshidan buyon 2,37 mlrd dollarga kamaydi
Yil boshidan buyon O‘zbekistonning zaxira aktivlari qiymati 34 mlrd 564 mln dollardan 32 mlrd 195 mln dollargacha yoki 6,85 foizga qisqardi. Mablag‘larning bir qismi 2019 yilda muomalaga chiqarilgan suveren yevrobondlarning bir qismini so‘ndirishga yo‘naltirilgan.
Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro valuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni yangiladi. Unga ko‘ra, 1 mart holatiga, O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 32,2 mlrd dollarni tashkil qildi.
Zaxiralar fevral oyiga nisbatan deyarli 1,22 mlrd dollarga, yil boshidan beri esa 2,37 mlrd dollarga kamaygan.
Yil boshidan beri oltin zaxiralari qiymati 24,63 mlrd dollardan 24,09 mlrd dollargacha pasaygan. O‘z navbatida oltinning fizik hajmi 11,9 mln troya unsiya miqdorida o‘zgarishsiz qolgan.
Shuningdek, xorijiy valuta zaxiralari qiymati 9,37 mlrd dollardan 7,55 mlrd dollargacha qisqargan.
“Xalqaro zaxiralar hajmidagi yil boshiga nisbatan o‘zgarishlar mavsumiy tusga ega bo‘lib, odatda yanvar-fevral oylarida kuzatiladigan tendensiya hisoblanadi. Shuningdek, mazkur dinamikaga 2019 yilda muomalaga chiqarilgan suveren yevro obligatsiyalar bir qismining so‘ndirilishi ham ta’sir ko‘rsatgan”, deyiladi Markaziy bank izohida.
Mavzuga oid
15:16 / 24.11.2024
Farg‘onada noqonuniy valuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
14:31 / 08.08.2024