Jahon | 22:17 / 12.03.2024
8218
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiya prezidenti NATO bosh kotibi bo‘lmoqchi

Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis 12 mart kuni NATO bosh kotibi bo‘lmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Foto: Reuters

«NATO bosh kotibi bo‘lish uchun kurashda qatnashishga qaror qildim. O‘z nomzodimni faxr bilan butun Ruminiya nomidan ko‘rsataman», degan Yoxannis Buxarestdagi matbuot anjumani davomida.

Avvalroq NATOning qator davlatlari alyans bosh kotibi lavozimini Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte egallashini qo‘llayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Germaniya, Britaniya va AQSh ham niderlandlar yetakchisi nomzodini qo‘llashi kutilmoqda.

Ayni damda NATO bosh kotibi bo‘lib turgan Yyens Stoltenbergning vakolati joriy yil oktyabr oyida yakuniga yetadi. Norvegiyalik siyosatchining vakolati o‘tgan yil Ukrainadagi urush sabab bir yilga uzaytirilgandi.

Ma’lumot uchun, NATO bosh kotibini tanlash uchun saylov tizimi joriy etilmagan. Alyans yetakchisi a’zo davlatlar o‘rtasidagi umumiy konsensus asosida tanlanadi.

Mavzuga oid