Erondagi olov bayrami chog‘ida 4 mingdan ortiq odam tan jarohati oldi
Gulxan ustidan sakrab o‘tish va pirotexnika vositalaridan foydalanish chog‘ida kamida 26 kishi halok bo‘ldi.
Erondagi Chahorshanbe-Suriy yangi yil bayrami oldidan o‘tkazilgan tadbirda 4 mingdan ortiq kishi jarohat oldi, ulardan 26 nafari halok bo‘ldi, deb xabar berdi Mehr.
Ko‘chalarda gulxan yoqish va pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘lgan. O‘tgan yili ushbu bayram chog‘ida 700 dan ortiq kishi jarohatlangan, kamida 17 kishi halok bo‘lgan edi.
Chahorshanbe-Suriy - Eronda yangi yil — Navro‘z arafasidagi qadimiy olov bayrami bo‘lib, bahor kelishi va tabiatning qayta tug‘ilishini anglatadi. An’anaga ko‘ra, eronliklar shirin va nordon yong‘oqlarning maxsus aralashmasini iste’mol qiladilar va kechqurun ko‘chalarda gulxan yoqib, uning ustidan sakrab o‘tadilar. Shuningdek, pirotexnika vositalaridan ham foydalanadilar.
Mavzuga oid
23:14 / 19.11.2024
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV
21:44 / 19.11.2024
Kanadada sobiq adliya vaziriga suiqasdning oldi olindi
19:09 / 19.11.2024
Tramp Moskva va Tehronning ittifoqini parchalay oladimi?
11:54 / 19.11.2024