O‘zbekiston | 21:01 / 13.03.2024
5812
1 daqiqa o‘qiladi

Ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilindi

Konvensiya ish beruvchilarning ish haqini o‘z vaqtida naqd pulda to‘lashini ta’minlashga qaratilgan. 

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Xalqaro mehnat tashkilotining Ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. 

95-sonli ushbu konvensiya 1949 yil 1 iyulda Jyenevada qabul qilingan va 1952 yil 24 sentabrda kuchga kirgan. SSSR bu hujjatni 1961 yil yanvarda ratifikatsiya qilgan. 

Konvensiya ish beruvchilarning ish haqini o‘z vaqtida naqd pulda to‘lashini ta’minlashga qaratilgan. Hujjat iqtisodiy faoliyatning barcha sohalariga va barcha toifadagi ishchilarga tegishli. 

Unda aytilishicha, naqd pul ko‘rinishidagi ish haqi faqat mamlakatda muomalada bo‘lgan valutada to‘lanadi, veksel, kvitansiya, kupon yoki qonuniy valutaga muqobil keladigan boshqa shaklda to‘lash taqiqlanadi. Biroq, vakolatli organ muayyan hollarda ish haqini bank cheklari yoki pochta jo‘natmalari orqali to‘lashga ruxsat berishi mumkin.

Mavzuga oid