Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Firibgarlikda gumon qilinayotgan fuqaro 75 mln so‘mni olayotganida qo‘lga tushdi.

Toshkent shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Qayd qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.X. boshqa fuqaroning ishonchiga kirib, unga go‘yoki xorijiy davlat oliy o‘quv yurtining 1-bosqichini tamomlagani to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab berib, ushbu hujjat yordamida o‘qishni ko‘chirish yo‘li bilan Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Evaziga 75 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

20:49 / 07.05.2025
Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidagi ta’limni rasvo deb atadi. Vazirlik rad etdi

20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi

16:57 / 05.05.2025
Toshkentda xavfli retsidivist odamlarni qariyb 20 mlrd so‘mga chuv tushirdi

20:43 / 30.04.2025