Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 16 ming dollar evaziga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro F.E. fuqaro M.Ya.ning ishonchiga kirib, uni 16 000 AQSh dollari evaziga Turkiya, Meksika va Nikaragua davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishlash uchun yuborishini va’da qilib, oldindan 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025