O‘zbekiston | 08:10 / 14.03.2024
58884
1 daqiqa o‘qiladi

Vafot etgan 568 nafar shaxs nomiga yuklar olib kelingani aniqlandi

Fuqarolar ruxsatisiz ular nomiga olib kelingan yuklar o‘rganilganda, ushbu fuqarolarning 568 nafari olamdan o‘tgan shaxslar ekani aniqlangan.

Foto: O‘zA

O‘zbekistonda vafot etgan 568 nafar shaxs nomiga yuklar olib kelingan.

O‘zA xabariga ko‘ra, bojxona orqali ayrim kurerlik tashkilotlari tomonidan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan ularning ruxsatisiz foydalanish natijasida joriy yilda 4 ta holatda 200 dan ortiq fuqaro nomiga yuklar olib kelingan. 

1,4 milliard so‘mlik tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, kurerlarga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, 2021 yil davomida fuqarolarning ruxsatisiz ularning nomiga olib kelingan yuklar o‘rganilganda, ushbu fuqarolarning 568 nafari olamdan o‘tgan shaxslar ekani aniqlangan.

Mavzuga oid