Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi iftorlik dasturxoni yozdi - foto
Iftorlikda davlat va jamoat arboblari, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari vakillari hamda Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar ishtirok etdi.
Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan iftorlik dasturxoni tashkil qilindi. Unga xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari vakillari, O‘zbekistondagi ma’sul lavozimdagi shaxslar va jamoat arboblari taklif etildi.
Jumladan, prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov, O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov, Musulmonlar idorasi raisi muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyevlar iftorlikda qatnashdi.
Shuningdek mazkur tadbirda o‘zbekistonlik ishbilarmonlar, oliy ta’lim muassasalari va maktab o‘qituvchilaridan iborat taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 11 mart kuniga to‘g‘ri keldi.