O‘zbekiston | 07:50 / 15.03.2024
4429
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda soxta havola jo‘natib, 61 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Toshkent shahar Mirobod tumanida yashovchi 29 yoshli N.Sh. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 61,5 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qildi.

Foto: Kiberxavfsizlik markazi

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, JKning 168-, 166-, 227-, 228-moddalari bilan sudlanib, Zangiota tumani IIB Probatsiya bo‘limida hisobda turib, ATI tariqasidagi jazo muddatini o‘tayotgan 46 yoshli A.A. hamda Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi 33 yoshli E.A. sodir etganligi aniqlangan

Unga ko‘ra, A.A. va E.A. jabrlanuvchi N.Sh. bilan “Telegram” messenjeri orqali tanishib, unga "SMS" xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning nomiga bank karta rasmiylashtirgan va N.Sh.ning bank kartasi hisobida bo‘lgan 61,5 mln so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan A.A. va E.A.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid