O‘zbekiston | 08:34 / 16.03.2024
2789
2 daqiqa o‘qiladi

AQShdan hisobraqam olib berishini va’da qilib, fuqarolarni chuv tushirgan shaxs ushlandi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi 23 yoshli M.E. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 975 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahar, Chilonzor tumanida yashovchi 21 yoshli I.A. sodir etganligi aniqlandi

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan I.A. “Telegram” messenjeri orqali M.E. bilan tanishib, unga AQShdan hisobraqam olib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan undan 975 AQSh dollari miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan plastik kartasiga o‘tkazib olgan, so‘ngra u bilan aloqani uzib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid