Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hindistonliklar bilan dori-darmon ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Jizzax viloyatida bunyod etilayotgan Avantika Shifokor O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasida 100 dan ortiq turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, Shifokor-82 (O‘zbekiston) va Avantika Medex Pvt. Ltd. (Hindiston) kompaniyalari hamkorligida Zomin tumanida 11,5 gektar maydonda tayyor farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona bunyod etilmoqda.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 30 million AQSh dollari miqdordagi mablag‘, jumladan, 15 million dollar xorijiy sarmoya yo‘naltirilmoqda. Bu yerda tabletka, kapsula, inʼeksiya, gel va boshqa shakllardagi dori vositalari ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.
Yangi qo‘shma korxonada tayyorlanadigan mahsulotlarning 70 foizini tashqi bozorga va 30 foizini ichki bozorga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025