O‘zbekiston | 12:58 / 16.03.2024
2062
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi

"Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Shutterstock

2024 yil 1 iyuldan boshlab Kompaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi asosida taqdim etiladi.

Eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan taqdim etilayotgan subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitimga (GATT) hamda Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitimga (ASCM) muvofiqlashtiriladi.

Savdo-sanoat palatasi Eksportni rag‘batlantirish agentligi huzuridagi To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining boshqaruvini vaqtinchalik amalga oshiradi. 

Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid