Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 53 marta qoida buzgan haydovchining mashinasi auksionga chiqariladi
Cobalt haydovchisi 53 marotaba qoidani buzganligi ma’lum bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB qarorlariga asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni 53 marotaba sodir etgan fuqaro X.M.dan davlat foydasiga jami 20 mln 664 ming 239 so‘m ma’muriy jarima undirish haqidagi ijro hujjatlari MIB Shayxontohur tumani bo‘limi ish yurituvida mavjud.
Qarzdor fuqarodan 20,6 mln so‘mlik qarzdorlikni undirish maqsadida davlat ijrochisi M.Rixsitullayev qarzdorni bir necha marotaba ogohlantirgan bo‘lishiga qaramasdan, fuqaro qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli qarzdorga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda jarima maydonchasiga olib kirildi.
Hozirda auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
08:38 / 02.05.2025
Toshkentda tumanida ikkita mashina yonib ketdi
09:38 / 16.04.2025
Piskentda avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
08:18 / 31.03.2025