Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:50 / 16.03.2024
7083
2 daqiqa o‘qiladi
Toshkentdagi 11 ta bozorda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari ish boshladi
Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahrining qator bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi.
Foto: Kun.uz
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, jami 11 ta bozor hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Savdo yarmarkalari ro‘yxati:
- Bektemir tumani - “Qo‘yliq dehqon bozori” AJ;
- Mirobod tumani - “Mirobod dehqon bozori” AJ;
- Mirzo Ulug‘bek tumani - “Navro‘z dehqon bozori” AJ;
- Sergeli tumani - “Sergeli dehqon bozori” AJ;
- Olmazor tumani - “Qora Qamish dehqon bozori” AJ;
- Uchtepa tumani - “Farhod dehqon bozori” AJ;
- Shayxontohur tumani - “Eski Juva dehqon bozori” AJ;
- Yashnobod tumani - “Aviasozlar dehqon bozori” AJ;
- Yunusobod tumani - “Yunusobod dehqon bozori” AJ va “Oloy dehqon bozori” AJ;
- Yakkasaroy tumani - “Askiya dehqon bozori” AJ;
- Chilonzor tumani - “Chilonzor dehqon bozori”AJ.
Dam olish kunlari bozor hududida bayramona madaniy dasturlarini tashkillashtirish ham rejalashtirilgan. Dehqon bozorlari 21 mart kuni ham ishlaydi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
10:02 / 16.04.2025
Toshkentdagi «Risoviy» bozori kimoshdi savdosiga qo‘yildi
09:33 / 28.03.2025