O‘zbekiston | 18:09 / 17.03.2024
10842
2 daqiqa o‘qiladi

Kelajak oldida qanday javob beramiz? | Manzil

Ko‘pchiligimiz bolaligimizni nostalgiya bilan eslaymiz: beg‘ubor, samimiy, g‘am-anduhdan yiroq davrlar va albatta ekologiya... Afsuski, hozir ko‘pchilik o‘z bolaligini eslaganda tabiat va undagi salbiy o‘zgarishlarni ham yodga olyapti. “Manzil” bu safar sayohatlardan biroz chekingan holda, ekologiyaga befarq bo‘lmagan insonlarning aynan ekologik xotiralari bilan qiziqdi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayev o‘z bolaligi o‘tgan Chirchiq daryosi qirg‘og‘i va undagi yo‘qolib ketgan tabiatni achinib eslarkan, afsuski, daryoning tabiiyligiga ziyon yetkazish hanuzgacha to‘xtamaganini ta’kidlaydi.

Jurnalist Bobur Akmalov esa bolaligini eslatuvchi maktab va uning atrofidagi daraxtlar, ariqlarda oqqan suv va toza havoning bugun yo‘qligini alam bilan eslashini aytadi.

Ekobloger Mo‘tabar Xushvaqtova o‘zining bolaligini Toshkent shahridagi daraxtlarga boy parklar bilan esladi va shu bilan birga, odamlarning tabiatga, ayniqsa suvga munosabati hanuzgacha yomon holatda qolayotganini ta’kidlaydi.

Bunday xotiralar, afsuski, 20 yoshni qoralagan har bir vatandoshimizda bor.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz’ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus

Mavzuga oid