O‘zbekiston | 11:09 / 17.03.2024
17417
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi

Foto: Kun.uz

Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha 2024 yil 1 aprelidan amalda qo‘llanadigan yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» matbuot xizmati xabar berdi.

Navoiy viloyatida

1 metr kub ichimlik suvi:

  • aholi uchun – 2 700 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun – 6 500 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun – 8 000 so‘m;

1 metr kub oqova suv xizmati:

  • aholi uchun – 1 600 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun – 4 600 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun – 6000 so‘m.

2030 yilga qadar viloyatda markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 84,7 foizdan 87 foizga, kanalizatsiya qamrovi 23.8 foizdan 40 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun qariyb 1 trillion so‘m evaziga, 871,7 ming kilometr ichimlik suvi va 180 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i, shuningdek, 31 ta suv va 3 ta kanalizatsiya inshootlari barpo etilishi belgilangan.

Surxondaryo viloyatida

1 metr kub ichimlik suvi:

  • aholi uchun – 3 100 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun – 7 000 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun – 7 000 so‘m;

1 metr kub oqova suv xizmati:

  • aholi uchun – 1 750 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun – 3 250 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun – 3 250 so‘m.

Kelgusi besh yilda Surxondaryo viloyatida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 62,9 foizdan 94,1 foizga, kanalizatsiya qamrovi 6,7 foizdan 26,9 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 4,229 trillion so‘m evaziga 16, 273 ming kilometr ichimlik suvi va 572,9 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i, shuningdek, 186 ta suv va 36 ta kanalizatsiya inshootlari barpo etilishi belgilangan.

Mavzuga oid