O‘zbekiston | 10:30 / 18.03.2024
2672
2 daqiqa o‘qiladi

Xotin-qizlarning tadbirkorligi uchun 100 mln dollar miqdorda imtiyozli mablag‘ ajratiladi

Prezident tomonidan “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. 

Foto: ayol.uz

Xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga yillik 14 foiz stavkada jami 100 mln AQSh dollari ekvivalentida resurslar ajratiladi, bunda:

  • "Xalq banki"ga 35 mln AQSh dollari;
  • "Biznesni rivojlantirish banki"ga 35 mln AQSh dollari;
  • "Mikrokreditbank"ga 30 mln AQSh dollari ajratiladi.

 
Savdo-sanoat palatasi va uchta bankda quyidagilarni nazarda tutuvchi xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab- quvvatlash tizimi yaratiladi:

  • tashabbuskor xotin-qizlarning biznes loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashish;
  • mahallalarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish;
  • xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotish;
  • kooperatsiya asosida loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish;
  • loyihalar amalga oshirilishini kuzatib borish va ayol tadbirkorlar bilan doimiy muloqot qilish.

 
Daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi.

Kredit ajratishda ustuvorlik "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimiga, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan xotin-qizlar tomonidan amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarga beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid