Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 mart kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi
«O‘zgidromet» 20 mart, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +19...+21 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +4...+9 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+6 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025