O‘zbekiston | 10:25 / 19.03.2024
4664
2 daqiqa o‘qiladi

Bayramda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun qancha harbiy xizmatchi safarbar etilishi aytildi 

Navro‘z bayramida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 22 383 nafar xodim va harbiy xizmatchi safarbar etiladi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun 3 ming nafardan ortiq zaxira guruhi tashkil etilgan.

Foto: Kun.uz

Navro‘z bayramida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 22 383 nafar xodim va harbiy xizmatchi safarbar etiladi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ma’lum qildi.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun 3 ming nafardan ortiq zaxira guruhi tashkil etilgan.

Bayram tadbirlari respublika hududida 219 obektda o‘tkazilishi belgilangan.

Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan joylarda bayram tadbirlari o‘tkazilishiga hamda ushbu joylardagi nosoz attraksionlar va boshqa o‘yin qurilmalarning ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi nazoratga olingan.

Har bir tabdir obektida mahalliy hokimlik, sog‘liqni saqlash va boshqa idora va tashkilotlar vakillarining navbatchiligi tashkil etilgan.

Ochiq joylarda xalq sayillari o‘tkaziladigan joylarning atrof-hududlari jismonan, texnik va maxsus vositalar bilan to‘liq to‘sish choralari ko‘rilishi belgilangan.

Bayram tadbirlari o‘tkazilayotgan vaqtda elektr-energiya, gaz, suv, obodonlashtirish va boshqa mutasaddi tashkilotlar har qanday vaziyatga shay holatda bo‘lishi choralari ko‘rilgan.

Mavzuga oid