O‘zbekiston | 12:27 / 19.03.2024
1891
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vetnam bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Xanoy shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vetnam bosh vaziri Fam Min Chin bilan uchrashdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

"Delegatsiyamiz Vetnam bosh vaziri Fam Min Chin janobi oliylari tomonidan qabul qilindi", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Vetnam Janubi-Sharqiy Osiyoda eng jadal rivojlanayotgan mamlakatlardan biriga aylangan. Mamlakatlar o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish kun tartibida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Vetnamga rasmiy tashrifi boshlandi. Tashrif kun tartibidan Xanoy shahrida qator tashkilotlar rahbarlari bilan muzokaralar va uchrashuvlar, shuningdek, O‘zbekiston-Vetnam biznes-forumi o‘rin olgan.

Mavzuga oid