O‘zbekistonda 77 nafar sportchi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi
2019-2023 yillarda 30 nafar futbolchi va hakamlar, 8 nafar murabbiy, 7 nafar futbol klublari rahbari va 2 nafar futbol klubi ma’muriyati xodimi – jami 77 nafar sportchining kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani aniqlanib, tegishli choralar qo‘llangan.
2019-2023 yillarda 77 nafar sportchining kelishilgan o‘yinlardagi ishtiroki aniqlangan.
O‘zbekistonda 2019-2023 yillarda 30 nafar futbolchi va hakamlar, 8 nafar murabbiy, 7 nafar futbol klublari rahbari va 2 nafar futbol klubi ma’muriyati xodimi – jami 77 nafar sportchining kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani aniqlanib, tegishli choralar qo‘llangan.
O‘zA xabariga ko‘ra, endilikda bunday holatlarning oldini olish maqsadida qonunchilikda jinoiy javobgarlik masalasi ko‘zda tutilmoqda. Jinoyat kodeksi tegishli moddalar bilan to‘ldirilib, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi hamda sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Ushbu tartiblarni o‘z ichiga olgan «Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ayni paytda parlament quyi palatasida ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan milliy qonunchilik zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda yanada takomillashadi. Sohada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllanadi, javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanadi.
Mavzuga oid
08:10
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
15:25 / 21.11.2024
Hatto sport yordam bermasligi mumkin: uzoq vaqt o‘tirish yurak kasalliklari xavfini oshirishi aniqlandi
14:36 / 07.11.2024
Ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga o‘qotar qurollar taktik-texnik tavsiflari amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi
16:09 / 04.11.2024