Texas shtati noqonuniy migrantlarni hibsga olish va qamash huquqi uchun kurashmoqda
AQSh Oliy sudi Texasga noqonuniy migrantlarni hibsga olish va qamashga ruxsat bergan edi. Biroq, apellyatsiya sudi buni yana taqiqlab qo‘ydi.
AQSh Oliy sudi Texas shtati hukumatiga yaqinda qabul qilingan immigratsiya qonunlaridan birini amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu politsiyaga Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlikda gumon qilingan shaxslarni hibsga olish va jinoiy javobgarlikka tortish imkonini beradi. Biroq, oradan bir necha soat o‘tgach, apellyatsiya sudi bu qonunni yana taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda BBC yozdi.
AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tish allaqachon federal jinoyat hisoblanadi, ammo ishlar odatda fuqarolik qonunchiligiga binoan immigratsiya sudlarida ko‘riladi.
Texasdagi SB4 qonunining shu qadar bahsli bo‘lishining sabablaridan biri shundaki, sudlar avvalroq alohida shtatlar emas, balki faqat federal hukumat mamlakatning immigratsiya qonunlarini qo‘llashi mumkin, degan qarorga kelgan.
SB4 mahalliy politsiyaga chegarani noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilingan har qanday odamni to‘xtatish va hibsga olish vakolatini beradi. Jazolar orasida qamoq yoki 2 ming dollargacha jarima ham bor. Qo‘shma Shtatlardan deportatsiya qilinganidan keyin Texasga noqonuniy ravishda kirganlar uchun jazo ancha qattiqroq bo‘ladi - bu shaxsning immigratsiya va jinoiy tarixiga qarab 20 yilgacha qamoq jazosi.
Jo Bayden ma’muriyati bu qonunni keskin tanqid qilmoqda.
Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Piyer o‘z bayonotida, «SB4 nafaqat Texasdagi jamoalar xavfsizligini pasaytiradi, balki huquq-tartibot idoralariga qo‘shimcha yuklama beradi va janubiy chegaramizda tartibsizliklarni keltirib chiqaradi», dedi.
Shu bilan birga, Texas prokurori Ken Pakston Oliy sud qarorini Bayden ma’muriyati va Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqiga (ACLU) qarshi «katta g‘alaba» deb atadi, ular ham sudda qonunga qarshi chiqqan edi.
ACLU «immigratsiyaga qarshi ekstremal qonun bekor qilinmaguncha, o‘z fikridan qaytmasligi» haqida bayonot berdi.
Mavzuga oid
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024
Amerikalik musulmonlarning yarmidan ko‘pi Jill Staynga ovoz berdi
10:09 / 09.11.2024