O‘zbekiston | 07:30 / 21.03.2024
4500
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zenergoinspeksiya» ko‘rsatmalarini bajarmagan 500 dan ortiq mas’ulga ma’muriy ish rasmiylashtirildi 

“O‘zenergoinspeksiya” majburiy ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarmagan 500 dan ziyod mas’ullarga ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Joriy yilning shu vaqtiga qadar “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan berilgan majburiy ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun tegishli tashkilot mas’ullariga (aholidan tashqari) nisbatan 508 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi

Xususan, ushbu ma’muriy ishlarning 495 tasi elektr energiyasi, 13 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishdagi qonun-qoidalarga rioya etmaslik va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etmagani natijasida rasmiylashtirilgan. “O‘zenergoinspeksiya” ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga BHM 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

Mavzuga oid