Polsha Toshkent viloyatida intensiv bog‘ tashkil etishni rejalashtiryapti
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Polshaga tashrifi davomida ushbu mamlakatning yetakchi kampaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, Mazoviya voyevodligiga safar davomida Fruit family korxonasi rahbari Yeji Grzib bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ma’lum qilinishicha, kompaniya hozirgi kunda 50 dan ortiq davlatlarga, jumladan O‘zbekistonga olma va boshqa meva mahsulotlarini eksport qilmoqda.
Muzokaralar natijasida Fruit family bilan Toshkent viloyati Ohangaron tumanida intensiv bog‘ tashkil qilish va olmani qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Polshaning Polpharma Group kompaniyasi rahbari o‘rinbosari Sebastian Shimanek bilan kechgan muloqotda O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalasini ishlab chiqish istiqbollari xususida fikr almashildi.
Bank Pekao S.A. banki departament direktori Dmitriy Kushnerov bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda esa Toshkent viloyatida sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Polyak tomoni qurilish loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirish masalalarini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
13:14 / 09.11.2024
Polsha: RF maxsus xizmatlari AQShga reyslarda portlashlar tayyorlagan bo‘lishi mumkin
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
23:43 / 05.11.2024