Liftda 10 yashar qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan erkak 3 yilga qamaldi
Voqea Toshkent shahri Uchtepa tumanida ro‘y bergan. Yangilangan qonunchilikka asosan, endi bunday holatlarda aybdorlarga tayinlangan jazolar yengilrog‘iga almashtirilmaydi – ular jazoni to‘liq o‘taydi.
12 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida 2013 yilda tug‘ilgan qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat yuzasidan yopiq tarzdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Voqea jabrlanuvchi qiz va unga begona bo‘lgan erkak liftda bo‘lgan vaqtda ro‘y bergan – erkak kiyimini yechmagan holda uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etgan.
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 2-qismi “v” bandi (14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar qilish)ga ko‘ra aybli deb topilgan va unga 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlangan.
“E’tiborlisi, bunday toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng mahkumga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va u jazoni to‘liq o‘taydi”, – deya izoh berdi Surayyo Rahmonova.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning qayd etishicha, bugungi kunda O‘zbekistondagi sudlarda bola huquqlarini ishonchli ta’minlash borasida alohida qat’iyat va bolaning eng ustun manfaatlarini himoya qilishga ustuvorlik yondashuvi mustahkamlanib borayotgani nihoyatda muhim.
“Bunday yondashuv yanada barqaror davom etishi va bu borada respublikada yagona sud amaliyoti shakllanishi zarur”, dedi bolalar ombudsmani.
Mavzuga oid
19:03 / 22.11.2024
"16 yoshli" ayolning 1 yashar egizak farzandi. Erta nikohni targ‘ib qilganlar ogohlantirildi
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
09:31 / 20.11.2024
Jizzaxda ikki bola mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
09:18 / 17.11.2024